Mart oyida mamlakatimizda qaysi avtomobil turi eng ko‘p ishlab chiqarilganligi aniqlandi

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning mart oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha:

— “Cobalt” — 8 405 dona;

— “Damas” — 8 046 dona;

— “Lacetti-Gentra” — 7 099 dona;

— “Nexia T-250” — 3 670 dona;

— “Spark” — 1 604 donani tashkil qiladi.