Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligini tashkil etish bo‘yicha qaror tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjat mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2021 yilning dekabr oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon, qaror va farmoyishlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan.

Shuningdek, qarorda Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etilganligi, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi “Onlayn mahalla” elektron platformasini ishga tushurish belgilangani ham o‘z ifodasini topgan.

Vazirlar Mahkamasining ushbu 195-son qaroriga tegishli nizomlar va boshqa eslatma maʼlumotlar ilova qilingan.

Hujjatning to‘liq matni Lex-UZ on-line saytida eʼlon qilingan.