O‘zbekistonda uch oy ichida qancha avtomobil benzini ishlab chiqarilgani ochiqlandi

2022-yilning yanvar-mart oylarida 289 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2022-yilning yanvar-mart oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 289 ming tonna

— Ko‘mir – 1 151 ming tonna

— Neft – 183 ming tonna

— Gaz kondensati – 351 ming tonna

— Yengil avtomobil – 68 905 dona

— Avtobus – 129 dona

— Yuk avtomobillari – 870 dona

— Avtomobil dvigatellari – 52 ming dona