Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha imkoniyat beriladi

Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident taʼlim muassacalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 15 aprelda tasdiqlangan 8-son bayoniga ko‘ra, Prezident maktabiga 5-sinf kirish imtihonlari ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

O‘qishga kira olmagan talabgorlar har bir viloyatda tashkil etilgan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qish istagini bildirgan taqdirda ariza topshiradi.
Kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida (24 nafari) imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi. Belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qish istagini bildirsa, ustunlik yuqori ball to‘plagan talabgorga beriladi.