Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

“O‘zgidromet” 24 aprel, yashanba kuni respublika hududlarida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12–17 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi14-16o, kunduzi 23–25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi13–18 daraja bo‘ladi.