2022- yilning birinchi choragida UzAuto Motors 619,6 mlrd so‘m sof foyda oldi, bu 2021- yilning shu davriga nisbatan qariyb 75 foizga ko‘pdir. Kompaniyaning choraklik moliyaviy hisobotida mazkur ma’lumotlar o‘rin olgan.
Birinchi chorakda UzAuto Motors sof foydasi 619,6 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 75 foiz kamroq — 352,29 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Uch oy davomida avtokonsern chiqaruvchisi 68 746 dona avtomobil ishlab chiqargan. 2021- yilda jami 236 667 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya martda mashinalar narxini oshirgandi. Narx oshganiga ham qaramay, bir kunning oʻzida 10 mingdan ortiq shartnoma qilingan edi.