Yana bir hokimlik mansabdori pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Asaka tumani hokimligining yuridik xizmati rahbari X.Q. bugun, 27 aprel kuni tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligi rahbaridan ming dollar olayotganda DXX va Bosh prokuratura xuzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqida Kun.uz’ning Asaka tumani hokimligidagi manbasi xabar bermoqda.

Manba yurist fermerdan nima maqsadda pul olganidan xabardor emasligini bildirgan.