Abdulazi Kamilov tashqi ishlar vaziri vazifasidan ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Norov Vladimir Imamovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Kamilov Abdulaziz Hafizovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Usmanov Bobur Masudovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.