O‘zbekistonda firibgarlik so‘nggi 4 yilda 4 baravarga, kiberfiribgarlik so‘nggi 3 yilda 8,3 baravarga ko‘payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga yetgan.
Firibgarlik, kiberfiribgarlik avj olyapti. Yangi moliyaviy piramidalar paydo bo‘lyapti (“Ahmadboy ishi”, qator xususiy bandlik agentliklari, “Straus House”, “Avto 60 oy”, “Auto Rental”, “1xbet”). Fuqarolarimiz qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun jinoiy javobgarlik borligini bilib turib ham bu yo‘ldan qaytmayapti.
Baʼzan jinoyatchilar javobgarlikka tortilib zararni to‘liq qoplamasdan, ozodlikdan mahrum qilinib, biroz muddatdan so‘ng ozodlikka chiqishi kuzatiladi, bu aholida salbiy kayfiyatni paydo qiladi.
Firibgarlik sodir etgan va zararni to‘liq to‘lamagani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxslar, jazoni o‘tash davomida to‘liq zararni qoplamagan bo‘lsa shartli ozod qilinmasligini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.