Qashqadaryoda 27 yoshli erkak yashash uyining molxonasida o‘zini osib qo‘ydi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Tinchlik» mahallasida yashovchi 27 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Nasafnews» muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 24 aprel kuni sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan A.Y. o‘z yashash uyining molxonasiga arqon bilan o‘zini osib, voqea joyida vafot etgan.

Marhumning otasi E. Bning aytishicha, shu kuni o‘g‘li qaynotasi tomonidan olib ketilgan va ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. U o‘g‘lining o‘limiga shu janjal sabab bo‘lganini iddao qilmoqda.

Holat yuzasidan ayni paytda Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.