Bugun, 3 may kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi “Haj – 2022” mavsumi bo‘yicha rasmiy bayonotida, joriy haj tadbiriga chet ellik va mahalliy hojilarga jami 1 million kishi uchun haj ibodatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu safar davomida “Haj – 2022” mavsumini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni Saudiya Arabistonidagi mutasaddi idoralar bilan kelishish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.