• Butun dunyoni o‘ziga rom etgan Mercedes–Benz kompaniyasiga 1926-yil shunchaki mexanikaga ishtiyoqmand bo‘lgan Karl Benz va Gottliyeb Daimler asos solgan.
• 1886- yilda Karl Benz o‘zining birinchi motorli uch g‘ildirakli velosipedini, bir necha yil o‘tgach Gottliyeb Daimler otsiz aravani ixtiro qildi.
• Mercedes–Benz logotipining kelib chiqishi aslida 1909-yilga to‘g‘ri keladi, bu kompaniya tashkil topganidan 16 yil oldin boshlangan.
• Uchburchak yulduzni ifodalovchi logotip mualliflari Gottliyeb Daimler va Genrion Lyudo Shmidt hisoblanadi.
• Bugungi kunda Mercedes logotipi kumush doiraga aylanib, markazida uch burchakli yulduz tasvirlangan. Bu esa yulduzning uchta nuqtasi Daimler dvigatellarining quruqlikda, dengizda va havoda ustun ekanligini anglatadi.