Anvar Damirovich Asamov boshqa ishga o‘tayotgani sababli O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joizki, Anvar Asamov 2021-yil 10-aprel kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Asamov bundan avval Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona statistikasi va taxlil markazi boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.