“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning maʼlum qilishicha, Fag‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganligi bois, poyezdlar harakat xavfsizligini hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2022 yil 5 may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha, yaʼni bir kunga to‘xtatiladi.
Taʼkidlanishicha, yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz miqdorda qaytarib beriladi.
Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritilishi qo‘shimcha qilingan xabarda.