O‘zbek-Qirg‘iz chegarasida otishma bo‘lgani, uch qirg‘izistonlik vafot etgani aytilmoqda

O‘zbek chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida uch nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda Interfaks maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, voqea holatlariga oydinlik kiritish uchun ikki davlat vakillari zudlik bilan uchrashib, rasmiy tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha 6- may kuni vaziyatni muhokama qilishga kelishib olgan.

Qo‘shimcha maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari 5-may kuni Qirg‘izistonning uch fuqarosiga qarshi qurol ishlatgan. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

Hodisa Jalolobod viloyati Ala-Bo‘ka tumani Aktam MFY Doboqo‘rg‘on massivida sodir bo‘lgan. Uch nafar qirg‘izistonlik o‘qdan jarohat olgan, ular Ala-Buka tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. O‘sha yerda hushlariga kelmay vafot etdilar.

Hodisa holatlariga oydinlik kiritish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining Ala-Buka yo‘nalishidagi chegara vakili O‘zbekistonning Yangi-Qo‘rg‘on yo‘nalishidagi chegara vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar ichki tekshiruvlar natijalariga ko‘ra uchrashuvni 6- may kuni davom ettirishga kelishib oldilar. Holat yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari boshlangan”, — deyiladi xabarda.