Yo‘lovchilarga transport xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yana-da oshirish maqsadida 2022-yil 7-8 may sanasidan boshlab, haftaning shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishida 758/757-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Harakat jadvaliga ko‘ra, “Toshkent- Shahrisabz” yo‘nalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 da Toshkent markaziy vokzalidan;
“Shahrisabz-Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi esa Shahrisabz temir yo‘l vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.
Shu bois, 2022-yil 7-8 may sanasidan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining har shanba, yakshanba kunlari qatnovi to‘xtatiladi.