Kuni kecha, 5 may kuni Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 6 may kuni, Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati vaqtincha, yaʼni bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maʼlum qildi.
Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘layotgani bois, poyezdlar harakati hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida shunday chora qo‘llangan.
Taʼkidlanishicha, yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda qaytarib beriladi.
Shuningdek, vodiy viloyatlarida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.