Toshkentda 4 ta ko‘cha vaqtinchalik yopildi

Bugun, 8 may kuni karting bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtdagi bir nechta ko‘chalar soat 20:00 gacha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi maʼlumot berdi.

Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati:

— Amir Temur shoh ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasigacha;

— Yakub Kolas ko‘chasi — Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasidan Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasigacha;

— Taras Shevchenko ko‘chasi — Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;

— Shahrisabz ko‘chasi — Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha.

Shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan xabarda.