Qodirov Baxodir Rahimovich Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Malumot uchun, Baxodir Rahimovich 1976 yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan.
U ushbu tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.