“Toshkent-Hojikent” yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi.
Qayd etilishicha, 10-may kuni soat 08:30 dan 11-may kuni soat 06:30 ga qadar «Toshkent MTU» UK yo‘lsozlari tomonidan «Toshkent-Hojikent» yo‘nalishida kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababli poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 2022-yil 10-may kuni “Toshkent-Hojikent-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 6429, 6430, 6435, 6436, 6437, 6441 hamda 11 may kuni ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan 6442, 6440-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.
11- may kuni soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan xabarda.