O’zbekiston eng ko’p limon eksport qilgan davlatlar nomi e’lon qilindi

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,6 ming tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.

Limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50 tonnaga kamaygan.

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

• Rossiya – 898 tonna

• Qozog‘iston – 433 tonna

• Qirg‘iziston R. – 246 tonna

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

• Farg‘ona viloyati – 594 tonna

• Toshkent viloyati – 334 tonna

• Xorazm viloyati – 226 tonna

• Surxondaryo viloyati – 147 tonna