Surxondaryoda yer talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan yer uchastkalarini talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, “A.I.” MCHJ rahbari R.F. tomonidan Angor tumani, “Mustaqillik 10 yilligi” massivi hududidagi “Said Nosirxon” fermer xo‘jaligi balansidagi 224-konturdagi 60,8 ball bonitetli sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonida 4 gektar yer maydoni o‘rniga, amalda 7,10 gektar yer maydonidan foydalanib kelib, 3,10 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirib, 3,10 gektar yer maydonini qishloq xo‘jalik foydalanishidan chiqishiga sabab bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3 mlrd. 183 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.