“O‘zgidromet” 13- may kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, 12–15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–17 daraja, kunduzi 25–27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6–11 daraja, kunduzi 10–15 daraja bo‘ladi.