Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o’rinbosar tayinlandi

Abduraxmanov Abdurasul Nosirjon o‘g‘li Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

U 1990-yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.

A.Abduraxmanov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofitserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019-yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tezkor bo‘linma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.