AT Xalq banki Surxondaryo viloyat filialiga yangi rahbar tayinlandi

Tursunov Toshtemir Xazratkulovich aksiyadorlik-tijorat Xalq bankining viloyat filiali boshlig‘i lavozimida ish boshladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

U 1984 yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Samarqand davlat meʼmorchilik va qurilish instituti, 2012 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi — investitsiyalarni moliyalashtirish, menejment.

T.Tursunov mehnat faoliyati davomida AT Xalq banki Sariosiyo filialida masʼul vazifalarda hamda Surxondaryo viloyat filiali boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar AT Xalq banki Davlat va hududiy dasturlar bilan ishlash departamenti Davlat dasturlari monitoringi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.