«Qora ro‘yxat» haliyam bormi? 16 mingdan ziyod inson «qora ro‘yxat»dan chiqarilgani aytilmoqda

16 mingdan ziyod inson “qora ro‘yxat”dan chiqarildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan diniy hamjamiyatlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasida «Deklarasiyalar muloqoti» xalqaro forumida ma’lum qildi.

«Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus asosida 2018 yili BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyaning amaliy ifodasi mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohtlarda yaqqol ifodasini topmoqda. Xususan, turli g‘arazli kuchlar ta’sirida diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib kirib qolgan 16 mingdan ziyodi inson huquqni muhofaza qilish organlari “qora ro‘yxati”dan chiqarildi, deya ta’kidlagan u.

Eslatib o‘tamiz 16 000 kishi qora ro‘yxatdan chiqarilgani haqida Prezident 2017 yil 1 sentyabr kuni aytib o‘tgandi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom sivilizasiyasi markazi tashkil etilayotgan Xasti Imom majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, mahalla faollari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.