Endilikda O‘zbekistonda fohishalik bilan shug‘ullanganlar gepatitning “V” va “S” turlari bo‘yicha majburiy tekshiriladi

Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan MJtK 190-moddasida (fohishalik bilan shug‘ullanish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga ularni o‘z hisobidan gepatitning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

2022 yil 1 iyuldan boshlab har yili respublika aholisini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolashni 10,5 ming nafargacha yetkaziladi.

Shuningdek, qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etilgan.

2022 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlashni, shuningdek, Reyestr ishga tushgan paytdan boshlab bu haqdagi maʼlumotning Reyestrga kiritib boriladi.

Bundan tashqari, har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablag‘lar ajratiladi.

Mazkur tartib 2022 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishini oldini olishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.