O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan MCHJlar soni 333 mingdan oshdi.
2022 yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 352 131 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.
Ayni paytda ulardan 333 210 tasi faoliyat yuritmoqda.
Quyida respublikada faoliyat yuritayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar sonini hududlar kesimida ko‘rishingiz mumkin:
• Toshkent shahri – 82 653 ta
• Toshkent viloyati – 34 572 ta
• Andijon viloyati – 29 163 ta
• Samarqand viloyati – 25 605 ta
• Farg‘ona viloyati – 24 041 ta
• Namangan viloyati – 21 827 ta
• Buxoro viloyati – 20 987 ta
• Qashqadaryo viloyati – 17 988 ta
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 15 205 ta
• Jizzax viloyati – 14 125 ta
• Surxondaryo viloyati – 12 306 ta
• Xorazm viloyati – 12 185 ta
• Navoiy viloyati – 11 483 ta
• Sirdaryo viloyati – 11 070 ta