Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi

“O‘zgidromet” 20-may kuni mamlakatimiz hududlarida kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 28-30° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida baʼzi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.