Olmazor metro bekatidagi «tobut» bo‘yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatidagi o‘rindiqlar katta muhokamalarga sabab bo‘lib, go‘yoki tobut shaklidagi dizayn yaratilgan degan fikrlar omma orasida tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, Toshkent metropolitenining «Olmazor» bekatidagi o‘rindiqlar 2020-yilning dekabr oyida o‘rnatilgan bo‘lib, dizayni oddiy uslubda yaratilgan.

Qayd etish lozimki, ushbu o‘rindiqlar hech qanday ramziy maʼnoga ega emas.

Shu o‘rinda fuqarolardan noo‘rin xulosalarga kelmasliklarini so‘raymiz, deyiladi xabarda. Shuningdek, kutish o‘rindiqlari maxsus tarzda ikki tomonlama ochiq qilib joylashtirilganligi taʼkidlangan.