Bugun Toshkent shahri markazidagi ko‘cha yopiladi

Bugun, 25 may kuni Toshkent shahri markazidagi ko‘cha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tashkent Opera Fest doirasida So‘nggi qo‘ng‘iroqqa bag‘ishlangan Simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir sababli, Istiqlol ko‘chasining “Bahor” restorani oldidan Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtotransport harakati uchun soat 6:00 dan 23:00 ga qadar yopiladi.

«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz«, deyiladi xabarda.