O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi, rubl ham keskin arzonlashdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 17,76 so‘mga pasayib, 11 ming 45,25 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 17,76 so‘mga tushib, 11 ming 45,25 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 11 ming 832,78 so‘mga baholanib, 23,02 so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek, 1 rubl 176,65 so‘m etib belgilanib, 20,83 so‘mga tushdi. Oxirgi marta rublning rasmiy kursi 25 may kuni rekord daraja — 197,47 so‘mga yetgandi.

Qayd etilishicha, ushbu almashuv kurslari 27 may, juma kunidan kuchga kiradi.