DTM chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari e’lon qildi

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan joriy yildan boshlab quyidagi 6 ta oliy taʼlim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan:

  •  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiningfanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga hamda
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  •  Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining

– xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

DTM kasbiy (ijodiy) imtihon formatini (barcha tillar uchun) va test namunalarini (ingliz tilidan) eʼlon qildi:

Kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun): https://dtm.uz/page/format_kasbiy

Test namunalari (ingliz tilidan): https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy