“O‘zbekneftgaz”ga tegishli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotila boshladi. Bu birjada narxlarning oshganligi bilan izohlanmoqda. Narx oshganligi haqidagi maʼlumotlarni “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ham tasdiqladi.
«Odamlarga tushuntira olmayapmiz, narxlarni bozor belgilaydi. “O‘zbekneftgaz” narxlarni oshirmaydi ham tushirmaydi ham. Birjada narx oshsa, bu o‘z-o‘zidan bizning AYOQSHlardagi benzin bahosiga ham taʼsir o‘tkazadi», deya taʼkidladi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovush To‘raxo‘jayev.
Malumot uchun, o‘tgan yilda ham benzin narxi keskin ko‘tarilib ketgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan tanqidiy muhokamalardan so‘ng esa «Ishchi guruh» tuzilib, narx 6500 so‘mga tushirilgandi.