Mutaxassislarning taʼkidlashicha ertalabki nonushtani afzal jihatlari juda ko‘p. U miya faoliyatiga ijobiy taʼsir etib, xabar yoki biron-bir voqeani eslab qolish, xotirada saqlab qolish imkonini beradi.
Qolaversa, inson immunitetini oshirib kasallikka chidamli bo‘lishimizda yordam beradi. Natijada organizm faollashadi, ishda unim, harakatda yengillik his etasiz.
Agar ertalabki nonushtadan voz kechsangiz, kundan kunga organizmingizda kuchsizlanish alomatlari paydo bo‘lib, o‘zingizni xolsiz va majolsiz seza boshlaysiz.
Eng muhimi, nonushtasiz hayot go‘zallikka raxna soladi. Natijada tana o‘z vaqtida uyqudan uyg‘onmaydi. Tanamizda ortiqcha yog‘ to‘planishiga sabab bo‘lib, uning asorati soch va yuzlarimizda namoyon bo‘ladi.
Ammo, hamma narsada meʼyor bo‘lishi kerak. O‘z vaqtida qilingan nonushta kutilgandek inson salomatligiga, umr ko‘rish davomiyligini oshishiga yordam beradi. Buni aslo yoddan chiqarmasangiz bo‘lgani.