Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 09.06.2022 yildagi undiruvchi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi ATB “Universalbank”ning manfaatini ko‘zlab, qarzdor qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona va fuqaro B.N.ga nisbatan kredit qarzini undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan Land Rover rusumli, 2016 yilda ishlab chiqarilgan qora rangli avtotransport vositasiga qaratish hamda da’voni ta’minlash haqidagi ajrimi 09.06.2022 yil kuni kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tezkor ijro harakatlari davomida garovga qo‘yilgan yuqorida ko‘rsatilgan avtotransport vositasi xatlanib sud qarori ijrosi ta’minlandi.