Basralik obidning vafoti yaqinlashdi. Oilasi uning atrofida yig‘lashardi. U:
— Meni o‘tirg‘izib qo‘yinglar! — dedi. So‘ng otasiga boqib: — Siz nega yig‘layapsiz, otajon? — dedi.
— Seni vafot etib, sensiz yolg‘iz qolishni o‘ylab yig‘layapman!
— Onajon, siz – chi?
— Farzandni yo‘qotish dog‘ini menga totdirishingdan…
— Juftim, halolam, sen nega yig‘layapsan?
— Siz menga mehribon edingiz juda ham! Sizsiz nima qilaman? Boshqa birovga muhtoj bo‘lishdan qo‘rqaman!
— Jigarbandalarim, bolajonlarim! Nega yig‘laysiz?
— Otajon, yetimlik achchig‘ini boshimizga kelishidan… sizsiz bechora bo‘lishni o‘ylab yig‘layapmiz! — deyishdi.
Shunda obid kishi ham yig‘lab yubordi. Otasi:
— Bolam, sen nega yig‘layapsan — dedi.
— Barchangiz men uchun emas, o‘zingiz uchun yig‘layotganingizni ko‘rib yig‘layapman. Sizlardan qaysingiz men uchun yig‘layapti?
Qaysi biringiz meni ozuqam (solih amallar) oz ekanligini o‘ylab yig‘layapti?
Qaysi biringiz meni yotar joyim tuproq bo‘lishini o‘ylab yig‘layapti? Hisob kunida meni kutayotganini g‘am qilib, Robbimga qay yuz bilan yuzlanishimni o‘ylab kim yig‘layapti?
Men Robbimga qay ahvolda yuzlanaman…. — dedi – yu, yuztuban yerga yiqildi. Uni turtib ko‘rishdi, u qimirlamadi. Joni chiqqan edi.