Dam olish kunlarida Toshkent avtobuslari qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi kelgusi dam olish kunlari uchun Toshkent shahridagi avtobuslar harakat jadvalini eʼlon qildi.

Unga koʻra, shanba va yakshanba kunlari (9 va 10 iyul) avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval boʻyicha harakatlanadi.

11 va 12 iyul — qoʻshimcha dam olish kunlarida esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvalga amal qilinadi.

Ish kuni boʻladigan 16 iyul shanba kuni avtobuslar ish kunlari jadvaliga muvofiq harakatlanadi.