Xitoyning tijorat bo‘yicha poytaxti sanaladigan Shanhay provinsiyasi to‘rt kundan buyon havo haroratining +40°C dan oshishi oqibatida shaharda ikkinchi bor favqulodda holatni e’lon qildi, deya xabar beradi «Reuters».
Yoz faslida haroratning bu darajada keskin oshib ketishi tufayli Shanhay ko‘chalaridagi qurilish ishlari hamda turli xil faoliyatlar cheklangan. Chunki 25 million aholini qamrab olgan shahar uchun bu tarixan ham kamyob hodisa sanaladi. 77 yoshli fuqaroning aytishicha, Xitoyning Nanjing shahri shu vaqtgacha bunday issiq ob-havoning guvohi bo‘lmagan ekan.
Shanhayning janubidagi Chjejiang provinsiyasi bir kun ichida 51 marta – rekord darajadagi favqulodda holat signalini e’lon qildi. Mahalliy OAV odamlar issiq urishi sababli kasalxonalarga yotqizilgani va hatto undan o‘lganligini xabar qilishmoqda.
Xitoylik ob-havo kuzatuvchilarining aytishicha, ushbu issiq harorat o‘tgan 30 kun mobaynida uzoq davom etgan va ekstremal hodisa deya ta’riflanmoqda. Bu orada, shuningdek, havo sovutgichlariga bo‘lgan talabning oshishi tufayli Xitoyning yetti provinsiyasi ham yuda shaharlarida elektr tarmoqlaridagi yuklanish yuqori darajada o‘sgan, deb aytilmoqda davlat ommaviy axborot vositalarida.
Xitoyning janubi-g‘arbidagi Yanjin shahrida dushanba kuni havo harorati 44°C ga yetdi, bu 1959 yilda qayd etilganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi davlat televideniyesi. Milliy iqlim markazining chorshanba kuni bergan ma’lumotida, o‘tgan oyda haroratning bu tarzda keskin oshib ketishi Xitoydagi 1,4 milliard aholining 900 milliondan ortig‘iga yoki mamlakatning yarmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Xenan provinsiyasida texnik xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar Xitoyning markaziy qismidagi transport markazi bo‘lmish Chjenchjou shahridan o‘tayotgan poyezdlar ustidagi kondisionerlarni quyoshning teshuvchi nurlari ostida tozalashdi va tekshirishdi. Ulardan birining so‘zlariga ko‘ra, bu yer nihoyatda issiq, xuddi ovqat pishiradigan pechga o‘xshaydi.
— Bizning kiyimlarimiz har kuni suv bo‘lib ketadi. Ba’zida hatto qurishga ham ulgurmaydi, deya ta’kidlaydi u.