«Nord Stream1» gaz quvuri orqali gaz ta’minoti to‘xtatilgach, Yevropa yetakchilari kelajakni Rossiya energiyasisiz qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar qiladi «Guardian» nashri.
Ayni shu yerda energetika sanoati ichida bir savol paydo bo‘lmoqda: Rossiya rahbari yopilgan gaz quvurlarini qayta ishga tushiradimi? Bu hafta Kreml nazorati ostidagi energetika firmasi Gazprom 21 iyulgacha “Nord Stream1” quvuri orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydi va uning ishlab chiqarish quvvatini 40 foizga kamaytirdi. Endi Rossiya prezidenti osonlikcha uni qayta faollashtirishmaydi, degan xavotirlar kuchaymoqda.
Shu hafta Oksfordda bo‘lib o‘tgan Aurora konsalting konferensiyasida a’zolardan energiya ta’minoti qayta tiklanadimi yoki yo‘q, degan savolga ovoz berish so‘ralgan. Ajablanarlisi «ha» va «yo‘q» javoblari miqdori bir xil. Shunga qaramay aniq javobni faqat Putin biladi, deb aytilmoqda. Bu asnoda Yevropani ta’minlab turgan gaz ta’minotining uzilishi davlatlarni qish kelishidan oldin o‘z zaxirasini to‘ldirib olishga undamoqda.
Ushbu gaz ta’minotini cheklash strategiyasidan ko‘zlangan maqsad Kiyev ittifoqchilarini zaiflashtirish, deyiladi. Yevropa qancha kam gaz borsa, Ukraina uchun shuncha kam pul ajratilishini anglatadi.
Gazsizlik qurboniga aylangan davlatlar.
Germaniya.
Ayni paytda gazsizlik nishonining ilk o‘ljasi Germaniya bo‘lgan. Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habekning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z gazidan «qurol» sifatida foydalanmoqda. Vazirning tan olishicha rus gaziga haddan ortiq qaram bo‘lingani uning davlatining katta xatosiligini ta’kidlagan. Birgina 2021 yilning o‘zida Germaniya «Nord Stream1» gaz quvuri orqali 59.2 milliard kub metr gazni import qilgan. Va kelgusi yili yangi «Nord Stream» gaz quvurining ochilishi bilan ushbu miqdorni ikki hissa oshirishni oldiga maqsad qilgan edi. Ammo Rossiya-Ukraina mojarosi sabab bu rejalar «puchga chiqdi». Rossiya Gazprom qo‘mitasi iyun o‘rtalarida «Nord Stream1» dagi gaz ta’minotini 40% gacha uzib qo‘ygan edi. Buning natijasida Germaniyaning rus gaziga qaramligi 55% dan 35% ga tushib ketgan. Germaniya hukumati mavjud gaz inqirozi sabab sanoat foydalanuvchilaridan kechalari ko‘chalardagi svetoforlarni o‘chirishni, kondisionerlardan foydalanmaslikni tarixiy binolarni qo‘shimcha chiroqlar bilan yoritmaslikni so‘ragan.
Italiya.
Ayni damda italiyaliklar jazirama bilan kurashmoqda, ammo qishni issiqda o‘tkazish Yevropadagi eng keksa aholiga ega mamlakatning kun tartibida dolzarb bo‘lib qolmoqda. Italiya uchun Rossiya gazi importi Ukrainadagi urushgacha bo‘lgan vaqtgacha iste’molning 18 foizini tashkil etib, asosan, Trans-Austria gaz quvuri orqali amalga oshirilgan edi. Xabarlarga ko‘ra, shu hafta gazprom Italiyaga gaz yetkazib berish uchdan bir qismga qisqarishini, urush boshlanganidan beri 60 foizga qisqarganini aytib o‘tdi. Italiya sanoatida yetakchi hisoblangan Confindustria assosiasiyasining to‘liq to‘xtab qolishi esa uning YAIMining 2 foizga tushishi mumkinligini ko‘rsatgan. Obligasiyalar rentabelligining o‘sishi mamlakatning katta qarzlarini to‘lash bozorlar zimmasida qoli ketishidan tobora ko‘proq tashvishlanayotganini namoyon etmoqda. Ayni paytda esa Italiya 60% gacha to‘la ekanligini ma’lum qilingan.
Slovakiya.
Slovakiyaning asosiy gaz importchisi bo‘lgan SPP gazning katta qismini Rossiyadan oladi va hatto Zelenskiy ham slovaklar bu manbani darhol to‘xtata olmasligini tan oladi. SSP yil oxirigacha Norvegiya va boshqa davlatlardan suyultirilgan gaz (LNG) importini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Joriy yil oxirida ochilishi kutilayotgan Polsha-Slovakiyani o‘zaro bog‘lovchi yangi quvur ham sinovdan o‘tkazilmoqda.
Avstriya.
Avstriya gazning qariyb 80%ini Rossiyadan oladi. Hukumat qo‘shimcha zahiralarni yaratish uchun 6,6 milliard evro ajratishga va’da bersa-da, biroq Yevropadagi eng yirik yer osti gaz omborlaridan biri bo‘lgan Haydachning qo‘shma egalari – Germaniya va Avstriya firmasi Gazprom o‘rtasidagi ziddiyat tufayli to‘ldirilmay qolishi mumkin.
Niderlandiya.
Niderlandiya energetika vazirligi mamlakat Rossiya gaziga bo‘lgan ehtiyojni to‘xtatishga erishganini ma’lum qildi. May oyida «Gazprom» Gollandiyaning GasTerra kompaniyasiga gaz etkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan edi, chunki u barcha gaz uchun rublda to‘lanishi kerakligi haqidagi Kreml talablarini qondirishdan bosh tortgan.
Fransiya.
Fransiya 17% gaz import qilgan holda, o‘zining Rossiyadagi ba’zi qo‘shni davlatlariga qaraganda rus gaziga kamroq qaram. Ammo energiya ishlab chiqarishni almashtirish ancha murakkab bo‘layotganini hisobga olib, ko‘plab fransuz atom elektr stansiyalari texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tufayli ishlamay qolishi ham mumkin. Rossiya iyun oyida Fransiyaga gaz yetkazib berishni qisqa muddatga to‘xtatgan edi. Shu sabab, Parij moliya vaziri Bruno Le Maire bu hafta Rossiya gazining to‘xtatilishini «yeng ehtimoliy ssenariy» deb ta’rifladi.
Ispaniya.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez mamlakat barcha jabhalarda mamlakatning gaz ta’minoti bo‘yicha geosiyosiy taranglikka duch kelayotganligini aytib o‘tgan. Uning Gʻarbiy Sahro uzra bo‘lgan nizoda Marokashni qo‘llab-quvvatlash qarori Jazoirdan gaz oqimining qisqarishiga sabab bo‘ldi. Hozirda esa Rossiya Ispaniyaning AQSHdan keyin ikkinchi yirik yetkazib beruvchisi bo‘lib qolgan.
Polsha.
Rossiya aprel oyi oxirlarida gaz uchun rublda to‘lashdan bosh tortgani uchun Polsha va Bolgariyani gaz ta’minotidan uzib qo‘ygan edi. Polsha o‘z gazining qariyb yarmini Rossiyadan olib kelgan. Shunga qaramay, polsha o‘z energiya quvvatini ko‘mir bilan ham qoniqtirib keladi va ayni damda o‘z gaz zaxirasini to‘ldirib ham olgan. 1996 yildan buyon gazprom bilan qilingan shartnoma shu yil nihoyasiga yetadi va Polsha qaytib bu shartnomani yangilash imkoniga ega bo‘lmaydi. ICIS konsulting kompaniyasining gaz tahlili bo‘lim boshlig‘i Tom Markez Manser «Ayni damda Polsha yomon holatda emas. Sababi u ko‘p yillar mobaynida ham Rossiyaga ishonmagan. Rossiya energiya ta’minoti xavfsizligi haqidagi suhbatni boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha oldinroq boshlagan», deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
Mashhura KARIM tayyorladi.