Joriy yilning 17 iyul kuni Qarshi shahar Kamandi mahallasida mudhish jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda «Nasafnews» o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak P.M. o‘z qaynsinglisi D.R. ga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda qaynsingil olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Fuqaro D.R.ning olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon kilinuvchi P.M. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.