Yerqalampir (xren) kuchli tabiiy antibiotik

Ushbu dorivor ne’matning tarkibida kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, u V, S darmondorilari, askorbin kislota, fitonsidlar, efir moylari, shakar, kraxmal, uglevod, kletchatkalarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Barra barglari esa S, V, PP vitaminlar.

Traxeit, bronxit, uzluksiz yo‘talda qo‘llanilishi: qirg‘ichdan o‘tkazilgan bir qoshiq yerqalampirni uch qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda 1 mahal 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

Sistit va uretrit dardiga chalingan bemorlar uchun: qirg‘ichdan o‘tkazilgan 1osh qoshiq yerqalampirni 100 ml. qaynoq suv bilan aralashtirilib, 5 daqiqa usti yopib tindirib qo‘yiladi va bir kunda 3-4 mahal ichiladi.

Bo‘g‘im og‘riqlarida quyidagi malham tavsiya qilinadi: yerqalampirning ildizi go‘sht maydalagichdan o‘tkazilib, unga teng miqdorda maydalagichdan chiqarilgan olma qo‘shiladi. U yaxshilab aralashtirilib og‘riq joyga malham sifatida kompress qilinadi.