Yurak nosog‘lomligi va uning xuruji dunyoda eng ko‘p kuzatiladigan o‘lim sabablaridan biridir. Yurak xuruji yeguliklar tufayli ortishi yoki kamayishi mumkin.
Iste’mol qiladigan ozuqalarimiz yuragimizning faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Sog‘lom yurakka ega bo‘lish uchun o‘zingiz yoqtirgan eng sevimli ba’zi yeguliklardan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
Foydali deb xulosa qilingan oziq-ovqatlarning aslida ko‘pi zarardir. Oziq-ovqatlar omega-3, kalsiy, magniy, antioksidantlar singari vitaminlarni o‘z ichiga olishi lozim. Biroq ko‘pchilik ozuqalarda ushbu vitaminlar yetarli emas. Yurak uchun foydali vitaminlarga boy yeguliklar xolesterin moddasi tizimini yaxshilaydi, bu esa hayotga xavf soluvchi bir qancha kasalliklar qatorida yurak xuruji kasalligining ham oldini oladi.
Amerikalik kardiolog Koleji tomonidan 2016 yilda olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, barcha tahlillar, po‘stloqli yeguliklar, dukkaklilar hamda sut mahsulotlari yog‘larga boy bo‘lgan parhez ozuqalar hisoblanib, ular kasallik ehtimolini kamaytiradi.
Yurak sog‘lom bo‘lishi uchun zarur mahsulotlar
- Qayta ishlangan go‘shtlar
- dimlangan sho‘rva
- dimlangan sabzavotlar
- mevali yogurtlar
- margarin
Mutaxasislar, tuz va yog‘li mahsulotlardan tiyilishingizni tavsiya qilishadi.
Shu bilan birga shakarga boy ichimliklar, qayta tayyorlangan oziq-ovqatlarning ham me’yorini saqlash zarur.
Albatta, barcha turdagi yog‘lar ham sog‘liq uchun zarar emas. Jumladan, avakado, zaytun yog‘i, yog‘li baliq singari ozuqalarni parhez taomlaringiz ro‘yxatiga kiritgan holda yurak xuruji kasalligidan o‘zingizni ma’lum ma’noda asrashingiz mumkin.
Protein uchun qizartirilgan go‘sht va sut mahsulotlarini kamaytiring, ular o‘rniga tovuq va kurka kabi yog‘siz go‘shtlarni tanlang. Mutaxasislar shakarsiz ichimliklar ichishni qat’iy ta’kidlashgan.