Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
yolg‘iz keksalar;
pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:
ariza;
pasport nusxasi;
yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

har yili (navbat asosida):
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
shaxslarga;
yolg‘iz keksalarga;

2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.

Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.