Tracker-2 uchun shartnoma olganlar o‘sha vaqtdayoq, Chevrolet Onix uchun shartnoma tuzganlar esa 2023 yilning dastlabki oylarida o‘z avtomobillariga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilmoqda.
Ushbu yilning sentyabr oyidan Tracker-2, oktyabr oyidan boshlab esa Chevrolet Onix avtomobillari uchun shartnomalar berish boshlanadi.
Tracker-2’ning narxi hozircha ma’lum emas. Biroq u Xitoyda ishlab chiqariladigan modeldan biroz qimmatroq bo‘lishi istisno qilinmayapti: Asakadan chiqqan Tracker-2’ning dvigateli kuchliroq bo‘ladi. Ilk bosqichda LS, LT va Premier komplektasiyalari sotuvga chiqariladi.
UzAuto Motors seriyali ishlab chiqara boshlagan ilk krossoveridan yiliga 80 ming dona chiqarmoqchi. 2022 yil oxirigacha 25 mingta Tracker-2 ishlab chiqarilishi reja qilingan. Dastlabki bosqichda shartnoma olganlar o‘sha vaqtdayoq mashinaga ega bo‘lishi mumkin.
Chevrolet Onix uchun shartnoma tuzganlar esa 2023 yilning dastlabki oylarida o‘z avtomobillariga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz:
2021 yilning fevral oyida mahalliy iqlim sharoitlarida sinash va salohiyatli xaridorlarning fikrini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga sinov uchun Chevrolet Onix’ning bir necha namunasi olib kelingan edi.