29 iyul kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kunning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi tumanlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.