Qarshida 23 yoshli sportchi yigit suvdan o‘lik holda topildi. Marhumning akasi ukasi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin demoqda/
Marhum 2022 yilning 14 iyul kuni Qarshi magistral kanalidan akasi tomonidan topilgan.
«Ukamni g‘ovvoslar topolmagach, o‘zim va qarindoshlar, oshna-og‘aynilarim birikib yana suvdan izladik va 14-iyul kuni topdik. Suvdan chiqqanda ukamning jasadi shishib ketgan edi. To‘g‘ri, ikki-uch kun suvdan qolgan, shishadi. Ammo ukamda kaltak izlari ham bor edi-da. Qolaversa u suvga shunchaki cho‘kib ketmaydi. Holsizlikdan yoki kaltaklanib, sog‘lig‘iga zarar yetkanidan so‘ng cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin», — deydi marhumning akasi Dilshod Karimov.