Polisiyaga 11 ming martadan ortiq qo‘ng‘iroq qilgan amerikalik ayol hibsga olindi

Amerikalik ayol polisiyaga 11 ming marta qo‘ng‘iroq qilgani sabali hibsga olindi. Ayolga hech qanday ko‘mak zarur bo‘lmagan, u zobitlar bilan janjallashishga qo‘ng‘iroq qilgan, deb yozadi New York Post gazetasi.

Gap Florida shtatida istiqomat qiluvchi Karla Jefferson haqida ketmoqda. Iyul oyi boshida u polisiya bo‘limiga 24 soat ichida 512 marta qo‘ng‘iroq qilgan. Qo‘ng‘iroqlarda har safar ayol operatorni la’natlar, turli so‘kishlar bilan haqorat qilgan. Polisiya Jeffersonga xat yozib, agar u yana shunday qilsa, hibsga olinishi haqida ogohlantirgan. Shunga qaramay, bu choralar ayolni to‘xtata olmadi, u huquq-tartibot xodimlarini chaqirishda davom etdi va oxir-oqibat panjara ortiga tushgan.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, u qo‘lga olinganida Jefferson ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib, “bunday o‘yinlardan xursand bo‘lganini” tan olgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bezori garov evaziga qo‘yib yuborilgan – u 400 dollar to‘lagan.