Surxondaryoda Xalq ta’lim bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Joriy yilning 3 avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentining Qiziriq tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.

Unda Qiziriq tuman XTB eksplutasiya bo‘limi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumta’lim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSH dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda H.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.