Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Aniq bo‘lishicha, “Kitob tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi bosh hisobchisi S.K. va boshqalar tuman hududida amalga oshirilgan yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan bo‘lsa-da, 176,4 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.